"Atletiko" yozda Ansu Fatini sotib olishga harakat qilib ko'radi

Alisher
22 may 2023
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati yozda Madridga ko'chib o'tishi mumkin.

"Atletiko Madrid" yozda ispaniyalik hujumchisini jamoaga olib kelishga harakat qilib ko'radi. Avvalroq "Atletiko" kataloniyaning boshqa bir futbolchisi Jordi Albani sotib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, Fati "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 20 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com