"Atletiko" va "Barselona" "Valensiya" himoyachisini kuzatmoqda

Tolibjon Qosimov
13 okt 2016
"Valensiya" himoyachisi Juan Kanselu "Atletiko" va "Barselona" e'tiborini tortdi.
Bu haqda "El Mundo Deportivo" nashri xabar qildi. Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchining xizmatlariga shaxsan "matraschilar" ustozi Diego Simeonening o'zi qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, himoyachini "Barselona" skautlari ham kuzatishmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo