“Roma” himoyachisi Turkiyaga ketishi mumkin

Takvim nashri braziliyalik Juan Jezusning Turkiyaga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabar berdi.

“Fenerbaxche” klubi Rimning “Roma” jamoasining braziliyalik himoyachisi Juan Jezus xizmatlariga qiziqib qoldi. Qayd etilishicha, turk klubi Jezus uchun 11 mln evro to'lashga tayyor. “Roma”ning sport direktori Monchi esa “Fenerbaxche” vakillari bilan muzokara olib borishga ulgurdi. Transfer qishdayoq amalga oshishi mumkin.


Manba: Takvim