"Nyukasl" "Uotford" o'yinchisi uchun 30 mln evrodan ko'p to'lashga tayyor

Alisher
17 avg 2022
"Nyukasl" ushbu yozda "Uotford" hujumchisi Juan Pedroni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klub "Nyukasl"ning 30 mln evrolik ikki taklifini rad etdi.

"Nyukasl" taslim bo'lmoqchi emas va yaqin kunlarda yangi taklif beradi.

Eslatib o'tamiz, klub transfer oynasining so'nggiga qadar bir hujumchi bilan shartnoma imzolashni mo'ljallagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano