"Atletiko" turkiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
27 avg 2021
"Lill" himoyachisi Zeki Chelik faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Atletiko" Turkiya terma jamoasi himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi 24 yoshli turk bo'yicha muzokaralarni boshladi. Transfermarkt o'yinchini 20 million evroga baholamoqda.

Chelik o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano