"Atletiko" "Sporting"ning ikki ispaniyalik futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
1 may 2022, 16:17
"Atletiko" Lissabonning "Sporting" klubi sharafini himoya qilayotgan ikki ispaniyalik futbolchi Pablo Sarabiya va Pedro Porroga qiziqmoqda.

Sarabiya Portugaliya klubida PSJdan ijara asosida o'ynamoqda. 29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum jamoa tarkibida ichki chempionatda 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Porro "Sporting"da "Manchester Siti"dan ijara asosida harakat qilmoqda. Lissabonliklarda 22 yoshli o'yinchini xarid qilish huquqi bor.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo