"Atletiko" "San-Paulu" yarim himoyachisi Kayoni ijaraga oladi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2015
"Valensiya"ga o'tishi kutilayotgan "San-Paulu" yarim himoyachisi Rodrigo Kayo faoliyatini "Atletiko"da davom ettiradi.

"Matraschilar" 12,5 mln. evro evaziga xarid qilish huquqi bilan futbolchini bir yilga ijaraga oldi.

Kayoning "Valensiya"ga o'tishi borasida iyunning o'rtalarida rasman ma'lum qilingan edi, ammo u tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi. "Ko'rshapalak"lar futbolchining tizzasida muammo aniqlashdi va xariddan voz kechdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com