"Atletiko Paranaense" o'z tarixida ilk bor Braziliya Kubogida g'olib chiqdi

Alisher
19 sen 2019
Bugun Braziliya Kubogi javob o'yini doirasidagi "Internasonal" hamda "Atletiko Paranaense" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Javob o'yini Portu-Alegrida bo'lib o'tdi.

Hal qiluvchi golni 97-daqiqada "Atletiko" forvardi Roni urdi. Yana bir golga mehmonlar xavbeki Leo Sittadini mualliflik qildi.

Mezbonlardan esa Nikolas Federiko Lopes hisobni qisqartirishga erishdi. Umumiy hisob esa 1:2. "Atletiko" foydasiga.

Shunday qilib, "Atletiko Paranaense" o'z tarixida ilk bor Braziliya Kubogida zafar quchdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AthleticoPR