"Atletiko" muxlislari Alvaresning penaltisi bo'yicha UEFA e'lon qilgan kadrlar haqiqiyligini shubha ostiga olishmoqda

Administrator
8 apr 2025
"Atletiko" muxlislari UEFAdan Xulian Alvaresning penalti tepayotgan vaziyatining videosini so'rashi mumkin.

"Real" Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Atletiko"ni mag'lub etdi (2:1, 0:1, penaltilar seriyasida 4:2).

O'yindan keyingi 11 metrlik zarba seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarba berishdan oldin sirpanib, to'pga ikki oyog'i bilan tegib ketdi. U gol urgan bo'lsa-da, bosh hakam Shimon Marchinyak VAR bilan vaziyatni muhokama qilgach, golni bekor qildi.

COPE nashrining xabar berishicha, "Atletiko" muxlislarining xalqaro uyushmasi UEFAdan Alvaresning to'pga ikki marta teginishi aks etgan epizodning asl video yozuvini talab qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Takidlanishicha, o'tkazilgan ekspertiza UEFA e'lon qilgan videolavha tahrirlanganini aniqlagan.


AdministratorMuallif
Manba: COPE