"Atletiko" "Lill" himoyachisini xarid qilishga juda yaqin va boshqa qanot himoyachisi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Alisher
24 yanv 2022
Madridning "Atletiko" klubi "Lill" himoyachisi Reynildu Mandavaning xaridiga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "matraschilar" mavritaniyalikning transferi borasida to'liq kelishuvga erishishdi va futbolchining bugun tibbiy ko'rikdan o'tishini kutishmoqda.

Ammo, Madrid klubi bu bilan to'xtamoqchi emas: ular shuningdek "Valensiya" bilan himoyachi Daniel Vassning transferi borasida muzokaralar olib borishmoqda. Tomonlar kelishuvga yaqinlar va bitimning so'nggi detallarini kelishish qoldi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano