

"El Chiringuito" ma'lumotlariga ko'ra, "Atletiko" Madrid ijara asosida "Betis"da to'p tepayotgan "Manchester Yunayted"ning braziliyalik vingeri Antoni xizmatlaridan foydalanishga qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchi uchun kamida 50 mln evro olishni xohlamoqda. Antonining o'zi Madrid jamoasiga o'tish imkoniyatiga ijobiy munosabatda.
"Manchester Yunayted" qanot hujumchisini qishda "Betis"ga ijaraga bergandi. Antoni Sevilya klubi safida 19 o'yin o'tkazib, 6 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



