"Atletiko" La Ligada 7 ochkolik farq va zaxiradagi o'yin bilan "Real"ni ortda qoldirmoqda

Aziz Tukhtamuradov
22 yanv 2021
"Atletiko" Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinda "Eybar"ni safarda mag'lub etdi.

Madridliklar uchrashuvning 12-daqiqasidayoq gol o'tkazib yuborishgandi. 

Biroq Luis Suares tanaffusgacha hisobni tenglashtirdi, 89-daqiqada esa penaltidan jamoasini oldinga olib chiqdi. 

Jamoa La Ligada ketma-ket oltinchi g'alabasiga erishib, turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamlab oldi. 

Endilikda "Atletiko" ikkinchi o'rindagi "Real"ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda. Shu bilan birga jamoa bitta o'yin kam o'tkazgan. Uchinchni o'rindagi "Barselona" bilan farq esa 10 ochkoni tashkil etmoqda.


TO'LIQ JADVAL


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia