"Atletiko" jamoa sardori Kokening "Barselona"ga qarshi o'yin uchun diskvalifikaciya qilingani borasida shikoyat qilmoqda

Alisher
29 iyun 2020
"Atletiko" La Ligani "Barselona"ga qarshi o'yinda Kokening diskvalifikaciya qilinganiga e'tibor qaratishga chorlamoqda.

Ispaniyalik futbolchi "Alaves" (2:1)ga qarshi o'yinda 2019/20 yilgi mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi. Madrid klubi o'sha vaziyatda to'p yarim himoyachining qo'liga tasodifan tegib ketganini takidlamoqda. Haqiqatdan ham to'p Kokening elkasidan so'ng qo'liga tegib ketgandi. O'sha vaziyatda hakam penalti belgiladi, ammo klub sariq kartochkani juda ham ortiqcha deb hisoblamoqda.

Shuningdek "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan "Atletiko" bosh murabbiyi muhim futbolchilardan biri, markaziy himoyachi Stefan Savichning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Chernogoriyalik o'yinchi ham "Alaves"ga qarshi o'yinda ogohlantirilgan va bitta o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Atletiko" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Marca