"Atletiko" himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2022
Shime Vrsalko erkin agentga aylanishi mumkin.

Madridning "Atletiko" klubi himoyachi Shime Vrsalko yangi shartnoma taklif qildi. Futbolchi esa ushbu taklifni qabul qilmadi.  Uning "matraschilar" bilan amaldagi kelishuvi 30 iyunga qadar tuzilgan.

Manba bergan xabarga ko'ra, xorvatiyalik o'yinchi erkin agent sifatida "Olimpiakos"ga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda. Gretsiyaliklar futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca