

"Atletiko" sobiq himoyachisi grek klubi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi, bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda. Xorvat "Olimpiakos"ga erkin agent maqomida o'tadi.
O'yinchining transferi bugun e'lon qilinadi.
Vrsalko "Atletiko"da 2016 yildan beri o'ynayotgandi, u faqatgina 2018/19 yilgi mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazgan.
Futbolchi "Atletiko" tarkibida 2021 yilda La Ligani va 2018 yilda Yevropa Ligasida g'olib chiqqan. U madridliklar tarkibida 100ta o'yin o'tkazdi.



