"Atletiko" himoyachisi "Barselona"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018
"Atletiko" himoyachisi Xuanfran so'nggi mashg'ulotda o'zini yomon his qildi.

33 yoshli futbolchi oyog'ida og'riq borligini aytdi va uni kasalxonaga yuborishdi. Xuanfran u erda MRT qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchida mushak shikastlanishi aniqlandi. Shunday qilib, uning "Barselona"ga qarshi bahsda ishtiroki so'roq ostida.

Joriy mavsum himoyachi "Atletiko" safida 7ta o'yin o'tkazdi.

"Atletiko" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 13-tur uchrashuvi 24 noyabr kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com