

"Atletiko Madrid" Antuan Grizmann uchun berilishi kerak bo'lgan 40 mln evroni "Barselona"ga to'lashni istamayapti. Madrid klubi agar Grizmann ikki mavsum davomidagi 50% o'yinlarda 45 daqiqadan ortiq harakat qilsa, ijaraning ikkinchi yili tugashi bilan ushbu summani "Barselona"ga to'lashi lozim.
Ammo "Atletiko" bu summani to'lashni istamayapti. Klub "Barselona" bilan bitim shartlarini engillashtirish borasida muzokara o'tkazmoqchi. Keyingi yilning mart oyida Grizmann 32 yoshga kiradi va "Atletiko" Antuan uchun bu summani to'lashda mano ko'rmayapti.
Shu sabab ham Madrid klubi "Barselona"ga 40 mln evro to'lamaslik yo'llarini o'ylamoqda.



