"Atletiko" Grizmann o'rniga futbolchi topdi va u uchun 120 mln. evro sarflamoqchi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2018
"Atletiko" rahbariyati joriy mavsum oxirida "Barselona"ga o'tishi kutilayotgan Antuan Grizmann o'rniga futbolchi topdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "matraschilar" "Yuventus" forvardi Paulo Dibalaga qiziqish bildirmoqda. Argentina terma jamoasi futbolchisi Madrid klubidan taklif olgan.

Hujumchiga PSJ va "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda, biroq argentinalik faoliyatini Diego Simeone boshqarayotgan ispan klubida davom ettirmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, "Atletiko" Dibala uchun 120 mln evro taklif qildi va ushbu transferni yozda amalga oshirmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es