"Atletiko" "Gerta" futbolchisini tarkibga qo'shib olishga yaqin

Mirjalol Normatov
15 avg 2021
"Gerta" yarim himoyachisi Mateus Kunya faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning fikriga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Madrid klubi uni asosiy nishoniga aylantirgan. Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Uning xizmatlariga "Zenit" tomonidan ham qiziqishlar bo'layotgandi.

O'tgan mavsumda Kunya Bundesliganing 27 o'yinida 7 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano