"Atletiko" forvardi faoliyatini A Seriyada davom ettirishga yaqin

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2019
"Atletiko"ning argentinalik forvardi Anxel Korrea faoliyatini "Milan"da davom ettishga yaqin.

"Milan" 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

Ammo, milanliklar Andre Silvani 30 million evroga sotsagina Korreani sotib olishi mumkin.

Hujumchi yakunlangan mavsum "matraschilar" safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi Argentinaning "San-Lorenso" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini shu erda boshlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia