

Madrid klubi hali ham 22 yoshli futbolchiga ishonadi. "Atletiko"da uni "daxlsiz" deyishadi. Bu mavqeiga "Man Siti" yoki "Barselona" tomonidan qiziqish ta’sir o'tkazmaydi.
Portugaliyalikni qishda ham, yozda ham qo'yib yuborishmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Feliks uchun 127 million evro to'lagan. Bu "roxiblankos" tarixidagi eng qimmat transfer.
Feliks joriy mavsum "Atletiko" tarkibida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.



