

Mutaxassisning so'nggi ish joyi "Espanol" bo'lgan.
Ahdaaf bergan ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi Kike Sanches Flores bilan kelishib olgan. Bundan tashqari, saudiyaliklar "Sautempton" himoyachisi Maya Yoshidani ham o'z safiga qo'shib olish niyatida. "Al-Hilol" prezidenti Sami Al Jabrning so'zlariga ko'ra, jamoa tez orada chet ellik murabbiy va himoyachi borasida rasmiy bayonot beradi.



