"Atletiko" "Arsenal" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 apr 2022, 02:13
Madridning "Atletiko" klubi rahbarlari yozda fransiyalik himoyachi Uilyam Salibani sotib olish niyatida.

Xabarlarga qaraganda, "matraschilar" ushbu mavsumda ijara asosida "Marsel" safida harakat qilayotgan 21 yoshli fransiyalik futbolchini yozda o'z safiga jalb qilishga harakat qiladi. Himoyachi huquqi Londonning "Arsenal" klubiga tegishli. Saliba hali "kanonirlar"ning asosiy tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmagan.

Uilyam Saliba joriy mavsumda Liga 1 da 31 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta sariq kartochka oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe