"Atletiko" 2017/18 yilgi mavsumdan beri ilk bor YCHL 1/8 finaliga chiqa olmadi, o'sha yili jamoa ELda g'olib bo'lgandi

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2022
"Atletiko" Chempionlar ligasi pley-offiga chiqish imkoniyatlaridan mahrum bo'ldi.

Diego Simeone jamoasi 5-turda "Bayer" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. 

5 ta o'yindan so'ng 5 ochko jamg'argan madridliklar endi guruhda ikkinchi o'rinni egallab turgan "Portu"ni (9 ochko) quvib eta olmaydilar. 

"Atletiko" 2017/18 yilgi mavsumdan beri ilk bora YCHL guruh bosqichida qolib ketdi. O'shanda jamoa uchinchi o'rinni egallab Yevropa ligasiga yo'l olishgan va yakunda ushbu turnir g'olibi bo'lishgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru