"Atletik" futbolchisi Messi uni nega urganini aytib berdi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2021
"Atletik" hujumchisi Aser Vilyalibre "Barcelona" sardori Lionel Messining Ispaniya Superkubogi finali yakuni arafasidagi harakatlariga baho berdi.

Eslatib o'tamiz, Messi raqibining boshiga qo'li bilan zarba bergan, buning uchun esa to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi.

"U qochib ketmasligi uchun gavdam bilan to'sib qoldim, lekin u g'azablanib yuzimga urdi. Bu yaqqol ko'rinib turgan tajovuz edi", – deydi Vilyalibre AS nashriga.

Avval xabar qilganimizdek, Messining bu xatti-harakati 12 ta o'yingacha diskvalifikaciyaga sabab bo'lishi mumkin. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS