"Atalanta" o'z hujumchisini 35 mln. evroga sotmadi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2023
"Manchester Yunayted" "Atalanta" hujumchisini sotib olishga urinib ko'rdi.

Gap Rasmus Xoylund haqida ketmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atalanta" mankunianlarning 35 mln. evrolik taklifini rad etgan. Ular 20 yoshli hujumchini 40-45 mln. evroga baholashmoqda.

Daniyalikka qiziqayotganlar safida "Yuventus" bor. Ular ushbu transfer uchun o'z futbolchilaridan birini almashishi mumkin.

Xoylund so'nggi mavsum A Seriyaning 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport