"Aston Villa" "Manchester Yunayted"ga ikkita gol urgan futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
9 may 2024, 13:57
"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Maykl Olise yozda klubini alishtirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Aston Villa" sport direktori futbolchini Birmingem klubiga o'tishga ko'ndira olishiga shubha qilmayapti. Xabarlarga ko'ra, futbolchi xizmatlariga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

APL 36-turi doirasida xavbek "Manchester Yunayted" bilan (4:0) bahsda ikkita gol urishga muvaffaq bo'lgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footballtransfers.com