"Aston Villa" "Manchester Yunayted" hujumchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2024, 18:24
"Manchester Yunayted"ning niderlandiyalik hujumchisi Joshua Zirkzee qishki transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Goal.com xabariga ko'ra, 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi qishda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi bo'layotgan Birmingemning "Aston Villa" jamoasiga o'tishi mumkin. Qayd etish joiz, Manchester klubining yangi murabbiyi Ruben Amorim Zirkzee bilan ishlashdan manfaatdor emas. 

Forvard "qizil iblislar" safiga 2024 yilning yozida Italiyaning "Bolonya" klubidan kelib qo'shilgandi.

Joshua Zirkzee joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida Angliya chempionatida 12 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va va 1 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com