"Aston Villa" "Atletiko"ning sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

21 noya 2019, 23:28
Gaytan faoliyatini APLda davom ettiradi.

Birmingham Mail nashri xabariga ko'ra, "Aston Villa" klubi ayni vaqtda erkin agent maqomida bo'lib turgan Nikolas Gaytan bilan shartnoma imzolash niyatida. 31 yoshli argentinalik futbolchiga mavsum yakuniga qadar shartnoma taklif qilinishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, Gaytanning so'nggi klubi MLS vakili "Chikago Fayr" klubi bo'lgandi. U o'tgan mavsum 27 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol va 11 ta samarali uzatmaning muallifiga aylangandi.


Manba: Birmingham Mail