Asqar Jadigerov: "Yaqin kunlarda "Andijon" yig'iniga qo'shilishim mumkin"

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2014, 14:45
Tajribali futbolchi Asqar Jadigerov mavsumning birinchi qismini maydon tashqarisida o'tkazdi.
Endi uning bor e'tiborini davralar oralig'ida biror bir klub safidan o'rin olish. Oxirgi paytlarda Jadigerovni yana sobiq jamoasi "Andijon"ga qaytishi haqida xabarlar urchiy boshladi. Bunga aniqlik kiritish maqsadida futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda quyidagicha javob berdi.

- Ha, "Andijon"ga qaytish taklifi bo'ldi. Hozircha hech narsa aniq emas. Bu masala 1-2 kun davomida aniq bo'lsa kerak. Oldimda jiddiy variantlar deyarli yo'q hisobi. Shu bois extimol yaqin kunlar davomida Andijonga borarman, - deydi Asqar Jadigerov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia