Asqar Umarov: “Haligacha jamoaga homiy topilgani yo'q”

Administrator
12 avg 2022
Pro liga 15-turidan o'rin olgan “Yangier-quruvchi” – “Zomin” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov ishtirok etdi.

Avvalo, “Yangier” klubini g'alaba bilan tabriklayman. Biz ham bellashuvga tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, har bir bahs biz uchun qiyin kechmoqda. Ayniqsa, hujum chizig'imizda muammo bor. Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. 

- Davralar oralig'ida bir qator futbolchilar tark etdi. Ularni jamoada saqlab qolishning imkoni bo'lmadimi?

-  Afsuski yo'q. Ularga bizdan ko'ra, yaxshi jamoalardan taklif bo'ldi. Natijada, yo'qotishlarga duch keldik. Lekin yangi kelganlar ham “Zomin”ga yordam berishiga ishonaman. 

- Klubda moliyaviy holat yaxshi emas. Ortda qolgan vaqt davomida klubga homiy topildimi?

- Hozircha topilganicha yo'q. Lekin biz vaziyat o'zgarishini kutmoqdamiz. Rahbariyat yaxshi bo'lishiga vada bergan. Futbolchilarga oylik maoshlarini berib tursak, natijalarimiz ham o'zgarishiga ishonaman. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia