Aspilikueta nima uchun "Chelsi"da qolganini aytdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2022
"Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

Ispaniyalik futbolchining aytishicha, u klubiga sodiq qolishni istadi.

"Chelsi" bilan nufuzli turnirlarda g'alaba qozonib ulgurdim, klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng Ispaniyaga qaytish haqida o'ylagandim. Buni tan olaman. Erkin agent vaqtimda hech qanday muzokaralarga aralashmadim, chunki mish-mishlar etarlicha edi. Men hech qachon "Chelsi"ga qarshi bo'lmaganman. Klubda qolishimga sabab, jamoamga sodiq qolishni istayman. Menga yangi shartnoma taklif qilishganidan xursand bo'ldim. Endilikda yangi marralar sari qadam tashlaymiz", – dedi ispaniyalik himoyachi.

Avvalroq Aspilikueta Ispaniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani va futbolchini tarkibga qo'shib olmoqchi ekanligi aytilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London