Asensioning agenti: “2014 yilda “Barselona” Markoni qo'ldan chiqargan edi”

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017
“Real” yarim himoyachisi Marko Asensioning agenti Orasio Gaxiolining aytishicha, 2014 yilda “Barselona” uning mijozi bilan shartnoma tuzishni rad etgandi.

“Ushanda “Barselona” rahbariyati “biz u bilan shartnoma tuza olmaymiz” deya ta'kidlab, Markoni qo'ldan chiqargandi. Oradan uch oy o'tib ular fikrlarini o'zgartirishgandi, ammo unda kech bo'lgandi.

“Real”ning taklifi “Barsa”nikidan 20 marotaba yaxshiroq edi: ham futbol tomonidan ham moliyaviy tomondan. Zidan uning kumiri edi. Markoning xonasida Zidanning kattagina portreti ham osilgan turardi”, deydi Gaxioli.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana