Asensio “Barselona” haqida: “Mavsum oxirida istalgan klub a'zosiga aylanishim mumkin”

Eldor Akmurzayev
21 sen 2022
“Real” hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio “Barselona” tomonidan unga qiziqish bildirilayotganiga munosabat bildirdi.

“Barselona” haqiqatan ham men bilan shartnoma imzolamoqchi yoki yo'qligini bilmayman. Bu klubda bo'lishimni tasavvur ham qilmaganman. Ayni vaqt ko'plab mish-mishlar yuribdi, ammo hammasi joyida. Mavsum oxirida istalgan klub futbolchisiga aylanishim mumkin. Shu tufayli hozircha bu savolga aniq javob bera olmayman”, deydi ispaniyalik.

Asensioning “Real” bilan amaldagi shartnomasi keyingi yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca