Artyom Petrosyan: "Afsuski, oxirgi o'yinlarda bitta xato ham biz uchun qimmatga tushyapti"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2021
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" – AGMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Artyom Petrosyan o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- AGMK bejiz 2-o'rinda bormayotgandi, shuni inobatga olib, astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, oxirgi o'yinlarda bitta xato ham biz uchun qimmatga tushyapti. Yigitlar oxirigacha o'ynaganliklari odamni xursand qiladi. 

- Jamoa yakuniy pallada, oxirgi nuqtani qo'yishda oqsayapti...

- Qiyin savol bo'ldi. Ko'plab sabablar bor. Qayerdadir noaniq zarbalar pand beryapti, yana futbolchilar uzatmalar amalga oshirilganda o'z poziciyasida bo'lmay qolgan paytlar bo'lyapti, aldab o'tish chog'ida ham muammolar kuzatilmoqda. 

- Bosh murabbiy Jasur Abduraimov jamoani tark etdi. "Metallurg"ni mavsum oxirigacha kim boshqarib turadi?

- Hozir ispaniyalik Luis Manuel Ernandes menejerlik qilyapti, mashg'ulotlar jarayonida ham ish olib bormoqda. 

- Mahmudjon Qudratillaevning o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Adashmasam, u mavsumdagi 2-o'yinini o'tkazdi. Albuttu, undan ko'p narsa kutilgandi, u o'z darajasida o'ynadi. Qudratillaev o'yin taraflama 100% tayyor deb bo'lmaydi, chunki operaciyadan keyin 3 oyni o'tkazib yubordi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia