Artur Melo La Ligaga qaytishga yaqin

Alisher
6 avg 2022, 11:30
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo Ispaniya chempionatiga qaytishga yaqin.

"Mijozimga "Valensiya" qiziqish bildirmoqda. Transfer yoz so'nggiga qadar amalga oshishiga umid qilamiz. Artur bunga tayyor", - deydi agent.

25 yoshli braziliyalik "keksa sinora"ga 2020 yilning sentyabrida "Barselona"dan o'tgan edi. Uning italyan grandi bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Melo o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia