

"Men "Arsenal"da baxtliman va shu erda ekanligimdan faxrlanaman. "Barselona" fenomenal murabbiy bilan yaxshi yo'lda. Xavi klub afsonasi bo'lgan va jamoani murabbiy sifatida o'zgartirib bormoqda. Men bunga hurmat bilan munosabatda bo'laman", – dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Barselona" esa ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmadi.



