Arteta: "Ramsdeyl biz bilan bo'lishini istayman"

Omonjon To`xtamirzayev
6 dek 2023
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta golkiper Aaron Ramsdeyl jamoada qolishini istaydi.

Futbolchi so'nggi paytlarda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi, "kanonirlar" asosiy kiperi esa David Rayya bo'lib turibdi.

"Men Aaron biz bilan bo'lishini istayman. Jamoamizda ikki nafar ajoyib darvozabon borligidan mamnunman.

Yaqinda u bilan gaplashdik, Aaron o'ynashni istaydi. Umid qilamanki, biz uning kuchayishida va Angliya termasini asosiy posboni bo'lishiga yordam bera olamiz.

Avvalroq, Ramsdeyl London klubini tark etish niyatidaligi haqida xabar berilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com