Arteta qishki transfer oynasida "Arsenal" tarkibini kuchaytirishga bel bog'ladi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026
Joriy mavsumda jarohatlar "Arsenal" salohiyatiga jiddiy ta’sir ko'rsatdi, shunga qaramay, "kanonirlar" hali ham Premer-ligada birinchi o'rinni saqlab turibdi.

Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibni kuchaytirishsiz ish bitmasligini yaxshi tushunadi.

Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, jarohatlar sabab tarkib ancha zaiflashgan bo'lsa-da, unga futbolchilarni tanlashda moslashuvchanlik kerak. Shu bois qishda yangi o'yinchilarga e'tibor qaratish lozim.

"Transfer oynasi ochilyapti, biz esa - "Arsenal". Demak, shunga qarashimiz kerak: "Bizga nima kerak?" 

Biz faol izlanishimiz shart, bu amalga oshadimi-yo'qmi - bu alohida masala. Bizning vazifamiz - doimo tayyor holda bo'lish, chunki har qanday holat yuz berishi mumkin. Umid qilamizki, bu juda ijobiy narsa bo'ladi.

Boshqa klublarga qarasak, ularning tarkibida 24-25 nafar futbolchi borligini ko'ramiz. Biz kutgandan ko'ra ko'proq jarohat oldik, ularning ayrimlarini oldini olishning iloji ham yo'q edi. Shunga qaramay, biz yanada kuchliroq bo'lishni istaymiz va bu mavsumda futbolchilarning mavjudligi qanchalik muhim ekanini yaxshi anglayapmiz", – dedi Arteta.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC