Arteta Nketiani "Arsenal"da saqlab qolmoqchi ekanligini ma'lum qildi

Alisher
22 dek 2021
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Eddi Nketianing shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

"Eddi har kuni mashg'ulotlarda ajoyib ishlamoqda. Nketiani saqlab qolishni xohlayman, ammo u ko'proq o'ynashni xohlamoqda va bu borada bahslashish qiyin masala.

Shaxsan men va klubimiz Eddining qolishini xohlaydi. Biz uni saqlab qolishga urinamiz, Nketia - klubimiz futbolchisi va jamoaning juda muhim qismidir", - deydi Arteta.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports