

Bu fikrni u yarim himoyachi APLning 20-turida "Bornmut" bilan o'yinda (3:2) dubl qayd etganidan keyin bildirdi.
"Hozirgi paytda Deklan dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachimi? Ha, men uchun - ha. Men uchun jamoamizda bor futbolchilar - eng yaxshilar. Deklan o'z o'yiniga, jamoadagi roliga doimo yangi jihatlar qo'shib bormoqda. Men uning chegarasini ko'rmayapman, chunki u hali ko'p jihatlarda o'sishi mumkin va o'zi ham bunga intilyapti. U biz uchun hal qiluvchi futbolchi.
Biz birga o'tirib maqsadlar qo'yamiz. Ammo faqat maqsad qo'yishning o'zi etarli emas - uni amalga oshirish rejasi ham kerak. U o'zidan talab qilinadigan barcha ishlarda, shuningdek, o'zi qilishni istaydigan barcha jihatlarda juda barqaror. Farq ham aynan shu yerda. Eng avvalo, Deklanda buni uddalash uchun qobiliyat va sifatlar bor. Keyin esa barqarorlik kerak bo'ladi. U buni har kuni namoyish etyapti, natijada shunday o'yinlarni ko'ryapsiz", – dedi Arteta.




