Arteta Haverc haqida: "U ajoyib sifatga ega futbolchi"

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar" yangi a'zosi Kay Haverc uning qo'l ostida hali ochilib ketishiga ishonmoqda.

"Arsenal" Kayga ishonadi. U bizni kuchaytirishga va kerakli natijalarga erishishimizga yordam beradigan ajoyib sifatga ega futbolchi. Biz Havercga to'liq ishonamiz", – dedi Mikel Arteta.

Eslatib o'tamiz, Kay Haverc "Arsenal" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Oldinroq Mikel Arteta o'z jamoasidagi darvozabonlar rotaciyasi haqida gapirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano