Arteta: "Bizni haqiqiy marafon kutib turibdi"

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-ligadagi chempionlik kurashi haqidagi savolga javob berdi.

Yakshanba kuni "kanonirlar" "Tottenxem"ni yirik hisobda mag'lub etdi va jadvalda ikkinchi o'rinda borayotgan "Manchester Siti"dan ustunligini yana 5 ochkoga etkazdi. Shu bilan birga, "shaharliklar" bir o'yin kam o'tkazgan.

"O'yindan o'yinga qarab harakat qilyapmiz. Oldimizda uzoq yo'l bor, chunki bizda hali Kubok o'yinlari ham, Chempionlar Ligasi ham bor. Bizni haqiqiy marafon kutib turibdi, lekin bu jarayondan lazzat olaylik. Bugun biz xuddi shunaqa bobni yozmoqchi edik va bunga erishdik", – dedi Arteta.

Yakshanba, 1 mart kuni "Arsenal" o'z maydonida "Chelsi"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC