Arteta "Arsenal"ning transfer bozoridagi maqsadlari ro'yxatini tuzdi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026
"Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va uzoq kutilgan chempionlik uchun ishonch bilan kurash olib bormoqda.

Shu bois klub ichidagi e'tibor endi yanvar oyidagi transfer oynasiga qaratilgan.

Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibni kuchaytiradi. "Caught Offside" nashri murabbiy yanvar oyi uchun short-listga kiritgan futbolchilar ro'yxati ma'lum bo'lib ulgurgan.

Himoya chizig'i uchun kuzatilayotgan nomlardan biri - Davide Bartezagi ("Milan"). U chap himoya poziciyasini kuchaytirish uchun ehtimoliy echim sifatida qaralmoqda.

Yana bir istiqbolli variant - "Atalanta"ning yosh markaziy himoyachisi Onest Aanor. Uning jadal rivojlanishi butun Yevropa bo'ylab klublar e'tiborini tortgan, biroq "Arsenal" hozircha u bilan rasmiy aloqaga chiqmagan.

Shuningdek, "Renn" futbolchisi Jeremi Jake (suratda) ham "Arsenal" nomzodlari ro'yxatida bor. U bo'yicha avvalroq norasmiy muzokaralar olib borilgan.

Yarim himoyada esa "Arsenal" jamoaga qo'shimcha energiya berib, tarkib rotaciyasini taminlay oladigan variantlarni o'rganishda davom etmoqda. Shu nomzodlar orasida Ayub Buaddi Arteta uchun eng istiqbolli futbolchilardan biri sifatida qaralyapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside