Arteta – APLda fevralning eng yaxshi murabbiyi. "Arsenal" to'rtta o'yinning barchasida yutdi, to'plar farqi – 16

Sherzod Nurmatov
8 mar 2024
Mikel Arteta APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Arsenal"ning ispaniyalik bosh murabbiyi APLdagi faoliyati davomida ettinchi marta ushbu nominaciyada g'olib chiqdi.



London klubi fevralda to'rtta o'yinda 16 ta to'p farqi bilan g'alaba qozondi.

Sovringa Pep Gvardiola ("Manchester Siti") va Erik ten Hag ("Manchester Yunayted") ham davogarlik qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com