Arshavin "Qayrat" bilan shartnoma imzolash uchun Alma-Ataga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2016
"Zenit" sobiq yarim himoyachisi Andrey Arshavin tez orada Qozog'istonning "Qayrat" klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Futbolchi klub bilan bitim imzolash uchun Alma-Ataga yetib keldi. Ayni damda jamoani rossiyalik mutaxassis Aleksandr Borodyuk boshqarmoqda.

Arshavin "Qayrat" bilan bir yillik shartnoma imzolaydi va 8 mart kuni "Astana"ga qarshi Qozog'iston Superkubogi uchun bahsda debyut qilishi mumkin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com