“Arsenal”ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
5 fev 2020
Gabriel Martinelli “Arsenal”ning yanvardagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi.

18 yoshli forvard muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada 49 % ovoz to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Keyingi o'rinlarni esa Granit Jaka hamda Bukayo Saka egallagan. 

Martinelli o'tgan oy APL doirasida o'tkazilgan 3 o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi va bitta pasni o'z hisobiga yozdirdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal