"Arsenal"ning ikki himoyachisi mavsumoldi tayyorgarlikni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2024
Takexiro Tomiyasu va Kiran Tirni jarohatdan tiklanish bilan band.

"Arsenal"ning ikki himoyachisi mavsumoldi mashg'ulotlarda qatnashmaydi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Qayd etilishicha, Takexiro Tomiyasu va Kiran Tirni jarohatdan tiklanishni davom ettirmoqda. Ularning umumiy guruhga qaytish vaqti noma'lumligicha qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini 24 iyul, chorshanba kuni "Bornmut"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano