

Oldinroq ma'lum qilinganidek, ukrainalik futbolchining mushaklarida jarohat bor edi. Bunga qadar uning ertangi uchrashuvda qatnashish extimolini yuqori baholashayotgandi. Biroq Aleksandr hali ham davolanish jarayonida. Shuningdek, Gabriel Jezus, Emil Smit-Rou va Muhammad El-Nenni kabi futbolchilar ham mashg'ulotni o'tkazib yuborgan.
Ushbu futbolchilar "Bude-Glimt"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi kutilmoqda.



