"Arsenal"ning 11 nafar futbolchisi xalqaro tanaffus vaqtida jarohat oldi

"Arsenal"ining 11 nafar futbolchisi milliy jamoalar o'yinlari uchun bo'lgan xalqaro tanaffusdan keyin jarohatlanganlar ro'yxatidan joy oldi.

Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Subimendi milliy jamoada jarohat olgan. Shuningdek, klubga jarohat bilan qaytib kelganlar orasida Bukayo Saka, Deklan Rays va Noni Madueke ham bor. Ulardan tashqari, Vilyam Saliba, Gabriel Magalyayns, Leandro Trossard, Eberechi Eze, Martin Edegor, Yurrien Timber va Pero Inkape ham sog'lig'ida muammolarga duch kelgan.

Hozirgi vaqtda "Arsenal" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 70 ochko bor. "To'pchilar" Angliya Kubogi va Chempionlar ligasida ham ishtirok etmoqda.

photo_2026-03-30_07-53-25.jpg


Manba: